Angren Universitetining 15 kishidan iborat ishchi guruhi a’zolari tomonidan shahar va viloyatdagi ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Toshkent viloyatining 22ta shahar va tumanlari, jumladan Angren shahri, Ohangaron shahri va tumani, Olamaliq shahri, Bekobod shahri va tumani, Andijon viloyati, Namangan viloyati va Farg'ona vodiysisning o'rta ta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida umumiy sonda 100 dan ortiq maktab va kasb-hunar kollejlarining 15.000 dan ortiq bitiruvchilarga targ'ibot ishlari olib borildi. Eng faol talabalar universitetda talaba bo'lish uchun imtiyozli sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Kelgusida bunday targ'ibot ishlari yurtimizning boshqa viloyatlarida ham tashkillashtirilishi ko'zda tutilgan. Universitetimizning targ'ibot ishlarini olib borayotgan jonkuyar xodimlariga tashakkur aytib, ularning kelgusi ishlarida omad va zafar tilab qolamiz!