Angren universiteti tomonidan 2025-2026 o'quv yili uchun targ'ibot ishlari izchillik bilan davom etmoqda.
Joriy yilning 22-aprel sanasida universitet rektori Sh.Mutalov hamda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor R.Najimadinov Bekobod tumani 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari bilan uchrashishdi va ularga universitet faoliyati haqida batafsil ma'lumot berishdi.