TARIXIY MEMORANDUM IMZOLANDI

Angren universitetining Xalqaro Hamkorlik bo’limi prorektori Abdurakhmonova Ruxsora Sobirovna Yaponiyaga qilgan ish safarida Yaponiyaning “KAZLINKS” kompaniyasi bilan ham muzokaralar olib borishga muvaffaq bo’ldi. Ikki tomonlama talab va takliflar o’rganib chiqilib, kompaniya rahbari Kadoguchi Masanori janoblari bilan anglashuv memorandumi imzolandi. 

Memorandumda ko’zda tutilayotgan asosiy maqsad, Angren universiteti talabalariga talabalik davridanoq o’qish bilan birgalikda, ilmiy ko’nikmalarini Yaponiyadagi nufuzli kompaniyalarda amalga oshirish imkoniyatini yaratishdir. Endilikda Angren universiteti talabalari o’z sohalari bo’yicha 6 oydan 1 yilgacha muddat davomida Yaponiyaga borib, kompaniyalarda amaliyot o’tash imkoniyatiga ega bo’lishadi. 

Quvonarli tomoni shundaki,  kompaniya shu kungacha Yaponiya va O’rta Osiyo bozorlarida o’z mavqeiga ega kompaniya hisoblanib, shu kungacha qo’shni mamlakatlar talabalarini ham Yaponiyaga amaliyotga jo’natish bo’yicha katta tajriba ega. 

Amaliyotga qabul va boshqa to’liq ma’lumotlarni tez kunlarda sizlar bilan ulashamiz