Talabalar uchun tibbiy seminar-trening
19-mart kuni Angren universitetida oliygohning “Davolash ishi fakulteti” 1-kurs talabalari bilan Toshkent viloyati OITSga qarshi kurash markazi mutaxassis shifokori Axror Abrorovich Jo‘rayev hamda universitet o‘qituvchilari hamkorligida seminar mashg‘ulot tashkil etilib, unda o‘quvchilar uchun sohaga oid yangi bilimlar berildi.