Angren universiteti rahbariyati ko‘rsatmasi, kasaba uyushmasi tashabbusi, shuningdek ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining yillik ish rejasida ko‘rsatilgan bandlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 18-19 aprel kunlari universitetning professor o‘qituvchilari, xodimlaridan iborat 50 nafar guruh a’zolari yurtimizning ko‘hna Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi.
Sayohat davomida Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Shoxi Zinda majmuasi, Islom Karimov haykali va qabri, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim madrasasi, Siyob bozori, Doniyor payg‘ambar majmuasi, Samarqand shahar markazi va bir qator tarixiy joylarga tashrif buyurildi. Ushbu tashkil etilgan sayohatdan tashrif buyuruvchilar o‘zlari uchun zarur va kerakli ma’lumotlar va katta ma’naviy ozuqa olishdi.