Xushxabar 🎉 

Angren universiteti va bugungi kunda dunyoning top 1% universitetlari qatoridan o’rin olgan, Malayziyaning  UCSI universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi! Memorandumga ko’ra quyidagilar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda:

• akademik va tadqiqotchi xodimlar almashinuvi;

• talabalar almashinuvi;

• qo’shma dasturlar;

•xalqaro seminar va konferensiyalar

Ma’lumot uchun:

- UCSI universiteti 1986-yilda tashkil etilgan xususiy universitet

- talabalar soni 12,000dan ziyod 

- 38 yil davomida dunyoning 110 nafar turli xil mamlakatlaridan bo’lgan turli millat va din vakillari ta’lim olishgan

- umumiy kampuslar soni 4ta:

3ta kampus Malayziyaning Kuala Lumpur, Kuching va Springhill shaharlarida va 1ta kampus Bangladeshda joylashgan 

- QS Dunyo Universitetlari 2024 reytingidagi o’rni #300