Malayziyaning UCSI universiteti vakillari Angren Universitetida! 

QSning dunyo universitetlari reytingida 300-o’rinda turadigan ushbu universitet bilan Angren Universiteti o’rtasida   hamkorlik memorandumi imzolangan edi. 

Bugun, 17-aprel sanasida, nafaqat Malayziya, balki butunjahon nufuzli univesitetlari qatoridan o’rin olgan UCSI universitetining rasmiy vakillari sifatida Dr Siti Hamisah Binti Tapsir, Roland Chan Chih Chien hamda Dr Raenu A/L Kolandaisamy Angren universitetiga tashrif buyurishdi. 

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi va endilikda amalga oshiriladigan loyihalar kelishib olindi. 

Jumladan: 

Bakalavr bosqichi  bo’yicha 3+1 dasturini  

Ustozlar almashinuvi 

Talabalar almashinuvi 

Hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish 

Xalqaro konferensiyalar tashkil etish kabilar bo’yicha manfaatli kelishuvlar qilishga muvaffaq bo’lindi