Birlikda baraka bor: Umumxalq xayriya hasharlari davom etadi
Obod maskanning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik universitetimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. Kuni kecha butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Unda universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etishdi.
Jumladan, “Umumdavolash”, “Iqtisod va moliya”, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedralarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, shuningdek, ARM xodimlari ham tegishli xonalarda tozilik uchun o‘tkazilgan hasharda faol qatnashdilar.