Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida belgilangan yoshlar oyligi doirasida "Eng faol yosh ma'naviyatchi" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda hududdagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul, 30 yoshgacha bo'lgan yosh xodimlar "Mening g'oyam" nomli konseptual loyihalari bilan 26 nafar talabgor nomzodlar ishtirok etishdi.
Shu jumladan Angren universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mutaxassis S.Manazarov ham faol ishtirok etib faxrli II o'rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.