Bugun Angren universitetida  "Yangi yil shukuhi" shiori ostida karnaval,  kontsert dasturi, qorbobo va qorqizlar chiqishlari tashkil etildi. 

Yangi yil bayrami munosabati bilan musiqiy tadbirlar talaba-yoshlar uchun tashkillashtirildi. Bezatilgan archa atrofida yangragan kuy va  qo'shiqlar barchaga kayfiyat ulashdi.

Tadbirida so‘z olgan universitet rektori o‘tayotgan yilda universitetimizda amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar haqida gapirdi.  Darhaqiqat, 2023-yil universitetimiz uchun omadli  keldi. Universitetimiz ko‘plab nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

Bayram barchangizga muborak bo'lsin!A