Angren universiteti talabalari Yaponiyada amaliyot o’tashmoqda!
Angren universiteti sirtqi ta’lim talabalari uchun Yaponiya davlatidagi 3 oylik amaliyot dasturiga 5 nafar talaba saralanib, joriy yilning 1-fevralida Yaponiyaga jo’nab ketishgan edi.
Eng qizig’i, ushbu amaliyot doirasida yapon hamkorlar tomonidan barcha xarajatlar, shu jumladan, aviachiptalar, sug’urta, yashash xarajatlari to’liq qoplab beriladi va uy-joy bilan 3 oy davomida ta’minlanadi.
Bu yildan boshlab nafaqat sirtqi, balki, kunduzgi ta’limdagilar uchun ham 3-6-9 oylik amaliyot dasturlari taqdim etilmoqda. Quvonarlisi shuki, endi talabalar soni 5 nafar bilan cheklanmasdan, shu yilning o’zida kamida 20 nafar talaba saralab olinishi rejalashtirilgan.
Ushbu ajoyib imkoniyat egasi aynan siz bo’lishingiz mumkin!