Angren universiteti “Yashil” iqtisodiyotning rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi!
Angren universiteti jamoasi barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash va investitsiyalar faolligini oshirish, atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy integratsiya sifatini yaxshilashga asoslangan “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining ommalashuviga hissa qo’shmoqda.
Bunga universitet O’quv ishlari bo’yicha prorektori, Falsafa doktori, dotsent Mahmudov.M.F.ning “Ilg’or iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar” ilmiy elektron jurnalida chop etilgan “”Yashil” iqtisodiyotning global jamiyat konsepsiyasida “yashil” universitetlar shakllanishiga ta’siri” (https://sci-p.uz/index.php/aept/article/view/2521) sarlavhasi ostidagi “yashil” iqtisodiyotning rivojlanishi va OTMlarda ichki tashkilotning “yashil” modeliga o’tishi o’rtasidagi bog’liqlik ko’rib chiqilganligi yaqqol misol bo’la oladi.