"Yashil makon-yangi imkon"

Umummilliy loyihasida faollik ishtirok etish vijdon amri.  Tabiat tana bo‘lsa, jamiyat jondir. Bu ikkalasining bir butunligi tiriklik manbaidir. Shunday ekan, tabiatga, atrof muhitga e'tibor insonning o‘ziga salomatligiga e'tibor demakdir.

Angren universiteti  joriy yilning 04.04.2024 yil sanasida 

"Yashil makon-yangi imkon" shiori ostida yashil makon aksiyasini o'tkazdi

Ushbu aksiya doirasida universitetning barcha professor-o'qituvchilari va talabalari  faol ishtirok etidilar.

Aksiya doirasida Angren universitetiga yaqin hudutda joylashgan "Yoshlar bog'i"ga 500 tup mevali daraxtlar ekildi.