“Yashil makon” loyihasida Angren universiteti faol ishtirok etib kelmoqda!
Joriy yilning 3-4-aprel kunlarida Angren shahar “Yoshlar bog’i”ning Angren universitetiga biriktirilgan hududiga “Yashil makon” loyihasi doirasida universitet professor-o’qituvchilari va talabalaridan iborat jamoa tomonidan 350 tupdan ziyod mevali va manzarali daraxtlar ko’chati ekildi.
Ushbu loyihada faol ishtirok etgan jamoa a'zolariga ma'naviy rag'batlantirish sifatida ko'ngilochar konsert uchun biletlar topshirildi.