Angren universiteti hududida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida ko‘chat ekildi.

2024-yil 16-may kuni Angren universiteti hududida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ham amalga oshirildi. 

Ko‘chat ekish marosimi el ardog‘idagi shoir va yozuvchilar  Mahmud Toir, Zohidjon Xolov va Ne'mat Dushayevlar hamda Angren universiteti rektori K.Sindarov va ma'sul hodimlar  ishtirok etishdi.  

“Yashil makon” loyihasi doirasidan so‘ng adiblar ishtirokida Angren universiteti hududi bo‘ylab kichik ekskursiya tashkil etildi.