2025-yil 28–30-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi oliy ta'lim muassasalari boshlangʻich tashkilotlaridagi yoshlar yetakchilari forumida Angren universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Kamolov Javohir faol ishtirok etdi.
Forum davomida yetakchilar uchun maxsus treninglar, interaktiv mashgʻulotlar, ochiq muloqotlar va amaliy seminarlar tashkil etildi. Unda yoshlar siyosatini takomillashtirish, ijtimoiy faollikni oshirish, innovatsion yondashuvlar hamda yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida keng muhokamalar olib borildi.
Kamolov Javohir forum doirasida Angren universitetida yoshlarga oid amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar va tashabbuslar yuzasidan ma’lumot berib, boshqa hududlardagi yetakchilar bilan tajriba almashdi.