“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘lari” tashkil etildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi. Tadbirda Angren universiteti rasmiylari ham bevosita ishtirok etib, marafonga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Marafonning ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, hududiy boshqarmalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2000 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib vazirlik markaziy apparati hamda barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi. Mazkur tashabbus oliy ta’lim muassasalarida yashil hududlar barpo etish, talabalar va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qilishi reja qilingan.
Ta’kidlash joiz, Angren universiteti talabalari ham oliygoh hududida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida ishtirok etish orqali mazkur tashabbusga xayrixoh ekanligini ko‘rsatishdi.