Angren universiteti jamoasi Nurafshon shahridagi Zulfiya Zokirova majmuasiga tashrif buyurdi

Zulfiya Zokirova — Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan ayrilgan Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qishlog‘ida yashagan ayol. Ona Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan – Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjon ismli farzandlaridan judo bo‘lgan. Uning to‘rt kelini beva, besh nabirasi yetim bo‘lib qolgan. Tashrif davomida jamoa ushbu majmuada o’rnatilgan Zulfiya aya haykali poyiga gul qo’ydilar va hurmat bajo keltirdilar. Ma’lumot uchun: Ikkinchi jahon urushida bir oiladan besh nafar farzand urushga ketib hech biri qaytmagan oila dunyoda uchta bo‘lib, ikkitasi Belarus va AQSHda, yana biri Zulfiya aya Zokirova oilasidir.