23 aprel kuni universitetimizga Belarus madaniyat markazi vakillari va  Belarus Respublikasi elchixonasidan "Siz Belarusni bilasizmi?" deya nomlangan tadbirga tashrif buyurishdi. 

Tabirni Angren Universiteti rektori Sindarov Komil Oydinovich va Belarus Respublikasi elchixonasi kotibi Baranovskiy Andrey Aleksandrovich ochib berdilar. 

Talabalar Belarus madaniyati - uning qadimiy tarixini, rang-barang an'analarini va gullab-yashnayotgan san'at sahnasini ochdilar. Mehmonlar talabalarning Belarusiya an’anaviy raqsini ijro etish uchun sahnaga chiqishlarini, ularning harakatlarini nafis va jo‘shqin tarzda kuzatib borishdi va Belarusiya xaqida viktorina boshlandi. Natijaga ko'ra xar ikkala guruh ham o'z bilimlarini yorqin ko'rsata oldilar va mehmonlar bundan juda mamnun bo'ldilar.

Tadbir so'ngida Universitet rektori va Belorus elchixonasi kotibi o'zaro esdalik sovg'alari bilan almashdilar.